Real-time Monitoring
Doimiy faol himoya
Dastur tizimda doimiy faol holatda xavfsizlik holatini monitoring qiladi va har qanday shubhali harakatlar haqida darhol ogohlantiradi.
AVANGARD MSS — tushunarli, oddiy, milliy va bepul mobil yordamchi dastur. Tahdidlarni real vaqtda aniqlaydi, internet va shaxsiy ma'lumotlaringizni ishonchli himoya qiladi.


AVANGARD MSS qurilmangizning har bir qatlamini nazorat qiladi — tarmoqdan tortib shaxsiy ma'lumotlargacha.
Real-time Monitoring
Dastur tizimda doimiy faol holatda xavfsizlik holatini monitoring qiladi va har qanday shubhali harakatlar haqida darhol ogohlantiradi.
Internet Security
Internet orqali aktivligingiz nazorat qilinadi; har qanday feyk, fishing va shubhali havolalar avtomatik ogohlantiriladi va bloklanadi.
Device Security
Qurilmaning xavfsizligi, keshlar va ortiqcha dasturlar haqida ogohlantirish hamda ularni boshqarish imkoniyatini beradi.
Privacy Monitor
Shaxsiy ma'lumotlaringizni qurilma ichidagi maxsus kriptokonteynerda — eng xavfsiz muhitda saqlash imkonini beradi.
SMS Security
SMS xabarlaringiz xavfsizligini ta'minlaydi, 3-tomon o'qishga urinishlari haqida ogohlantiradi va bunga yo'l qo'ymaydi.
Prevents Interception
Internetdagi faolligingiz vaqtida reklama bannerlari, redirectorlar va feyk saytlarni avtomatik bloklab, sizni ortiqcha noqulayliklardan ozod qiladi.

Har bir o'rnatilgan dastur xavfsizlik darajasi bo'yicha baholanadi. Zararli dastur, ortiqcha ruxsatlar va aniqlangan viruslar darhol ajralib turadi — va bitta bosishda o'chiriladi.

O'rnatilgan parol generatori uzunlik, harf, raqam va belgilarni sozlash bilan buzib bo'lmas parollar yaratadi. Barcha kalitlar qurilma ichidagi shifrlangan konteynerda saqlanadi.

Dasturlar, fayllar va havolalar real vaqtda tahlil qilinadi. Vizual skaner jarayoni qurilmangiz holatini shaffof ko'rsatadi — hech narsa yashirin qolmaydi.
Har bir ekran tushunarli — bir qarashda qurilmangiz holatini bilib olasiz.


Ilovani Google Play'dan bepul yuklab oling va so'ralgan ruxsatlarni bering — bu himoyani ishga tushirish uchun kifoya.
Bitta tugma bilan to'liq tekshiruvni ishga tushiring. Dastur dasturlar, fayllar va havolalarni real vaqtda tahlil qiladi.
Aniqlangan xavfli dasturlar va shubhali harakatlar haqida ogohlantirish olib, bir bosishda bartaraf etasiz.

AVANGARD MSS — O'zbekiston kiberxavfsizlik ekotizimi qismi. Milliy texnologiya, jahon darajasidagi himoya.
cyber-bro.uzAVANGARD MSS ni hoziroq yuklab oling. Milliy, bepul va doimo siz tomonda — qurilmangiz xavfsizligini bizga ishonib topshiring.
